8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

20:03 / 18.05.2019 13838

AQSh Fors ko‘rfazida qo‘shinlarni joylashtirishga rozilik oldi – OAV

Foto: U.S. Navy / Seaman Dan Snow

Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazidagi qator davlatlar AQShga o‘z hududlarida Amerika qo‘shinlarini va Fors ko‘rfazidagi territorial suvlarida Amerika kemalarini joylashtirishga rozilik berdi. Bu haqda yuqori lavozimdagi manbalariga tayanib "Ash-Sharq al-avsat" gazetasi xabar berdi.

O‘z navbatida arab diplomatik manbalari nashrga qator arab davlatlari Makkada may oxirida bo‘lib o‘tadigan islom davlatlari sammiti vaqtida tor doiradagi uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib borayotganini ma'lum qilishgan.

Avvalroq AQSh Eron atrofidagi vaziyat keskinlashishi ortida Fors ko‘rfazi yaqinida Abraham Lincoln aviatashuvchisi boshchiligidagi yettita harbiy kemani joylashtirgandi. Mintaqaga Patriot zenit-raketa majmuasi ham yetkazilgan. 

Payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush bo‘lmasligiga umid qilayotganini bildirgandi. O‘z navbatida Eron oliy yetakchisi oyatulla Ali Hamenaiy Eron AQSh bilan urushmoqchi emasligini, ammo Tehron Vashingtonga qarshilik qilishda davom etishini aytdi.

Top