8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

21:18 / 18.05.2019 4319

Bundesliga so‘nggi turi gollarga boy bo‘ldi, yevrokuboklarning barcha ishtirokchilari aniqlandi

Germaniya chempionatida so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

«Bavariya» o‘z maydonida «Ayntraxt»ni 5:1 hisobida yengib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. «Borussiya» D ikkinchi, «RB Leypsig» uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

«Bayyer» safarda «Herta»ni 5:1 hisobida mag‘lub etib, «Borussiya» D va «RB Leypsig» qatorida Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

«Volfsburg» o‘z maydonida «Augsburg»ni 8:1 hisobida tor-mor etib, «Borussiya» M va «Ayntraxt» bilan birga Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. «Hoffenhaym» safarda «Mayns»ga 2:4 hisobida yutqazdi va yevrokubokdan quruq qoldi.

«Hannover» va «Nyurnberg» Bundesligani tark etdi. «Shtuttgart» quyi liga vakili bilan o‘tish o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Bundesliga, 34-tur
18 may

Bavariya – Ayntraxt F 5:1 (1:0, 4:1)
Gollar: 1:0 – 4 Koman, 1:1 – 50 Aller, 2:1 – 53 Alaba, 3:1 – 58 Sanshesh, 4:1 – 72 Riberi, 5:1 – 78 Robben. 

Borussiya M – Borussiya D 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 45 Sancho, 0:2 – 54 Roys. 

Herta – Bayyer 1:5 (1:2, 0:3)
Gollar: 0:1 – 28 Xaverts, 1:1 – 34 Lazaro, 1:2 – 38 Alario, 1:3 – 54 Brandt, 1:4 – 72 Alario, 1:5 – 88 Alario. 

Mayns – Hoffenhaym 4:2 (0:2, 4:0)
Gollar: 0:1 – 12 Belfodil, 0:2 – 34 Kramarich, 1:2 – 66, penalti Brosinski, 2:2 – 83 Boetiyus, 3:2 – 90 Boetiyus, 4:2 – 90 Mateta. 
Chetlatish: Baumgartner (41, Hoffenhaym).

Volfsburg – Augsburg 8:1 (3:0, 5:1)
Gollar: 1:0 – 21 Vegorst, 2:0 – 37 Vegorst, 3:0 – 41 Knoxe, 4:0 – 55 Vegorst, 5:0 – 57 Ginchek, 6:0 – 60 Rejbechay, 6:1 – 82 Shiber, 7:1 – 85 Brekalo, 8:1 – 89, avtogol Danzo. 

Frayburg – Nyurnberg 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 7 Terratssino, 2:0 – 34 Valdshmidt, 3:0 – 54 Petersen, 4:0 – 56 Petersen, 5:0 – 61 Grifo, 5:1 – 69 Leven. 

Fortuna – Hannover 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 56 Xennings, 2:0 – 60 Karaman, 2:1 – 78 Myuller. 

Verder – RB Leypsig 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 35, penalti Rashitsa, 1:1 – 86 Mukiyele, 2:1 – 88 Pisarro. 

Shalke – Shtutgart 0:0

Top