8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

20:31 / 18.05.2019 8140

Chustlik norasida qizaloq Munisaning ahvoli og‘ir. Operatsiya uchun ko‘mak juda zarur

Namangan viloyati, Chust tumanining Guliston mahallasi tomon yo‘l oldik. Maqsadimiz mazkur mahallada istiqomat qilayotgan Dilshoda Karimovaning 2017 yilda tug‘ilgan bemor qizalog‘i Munisaxon Bahromova haqida xayriya uchun maqola va videolavha tayyorlash edi.

Xonadonga kiriboq juda qiyin holatni, besaranjomlik va bezovtalikni angladik. Bundan ikki yil oldin dunyoga kelgan Munisada tug‘ilganidayoq yurak porogining og‘ir formasi aniqlangan. Munchoq ko‘zli qizaloq dunyoga kelibdiki, og‘riq azobida yashaydi. Biz borgan payt chaqaloq kuyib-pishib yig‘layotgan edi. Taassufki, uning yig‘isi to‘xtashini 20 daqiqacha kutdik. To‘xtamadi. Buvisi Zubayda opaning aytishicha, bola kunning yarmini ichidagi og‘riq tufayli yig‘lash bilan o‘tkazar ekan.

Munisaga qo‘yilgan tashxis (diagnoz): Tug‘ma yurak nuqsoni, Fallo tetradasi, ko‘k turi.

 Video: Mover (Tas-IX)

Video: Youtube

“Qizim tug‘ilganidan buyon kunimiz shifoxonalarda davo izlash bilan o‘tyapti. Toshkentdagi Vohidov nomli klinikada ko‘rikda bo‘lganimizda shifokorlar “Bu darajadagi murakkab operatsiyani o‘tkaza olmaymiz”, deyishdi. Kun-u tun mana shu qizimning sog‘ayishi uchun urinish bilan bandman. Bormagan vrach va tabibimiz qolmadi. Internet orqali Hindiston shifokorlari bilan aloqaga chiqdik. Ular qizimning tashxislari bilan tanishib, operatsiya qilish imkoniyati borligini aytishdi. Biroq bu murakkab jarrohlik amaliyoti 10 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ evaziga qilinar ekan. O‘zim hech qayerda ishlamayman. Erim Rossiyada. Buncha mablag‘ni topish uchun faqat ko‘p sonli insonlardan yordam, ko‘mak so‘raymiz xolos. Tunlari bilan nabirasining sog‘ayishi uchun dili, tili duoda bo‘lgan onamni ko‘rib ezilaman. Barcha insonlardan o‘tinchim shu. Qizimning sog‘ayishi uchun yordam beringlar”,-deydi bemor qizaloq onasi Dilshoda Karimova.

Oilaga bemor qizning kasalligi bois 400 ming so‘m nafaqa beriladi. Kunlik dori-darmonga ketayotgan mablag‘ga nisbatan hisoblasangiz bu bir haftaga ham yetmasligi aniq. Do‘zanda MFY raisi bemorning onasiga ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar puliga yozmasligini aytibdi. Sababi, ularning iqtisodiy holati yaxshi emish. Biz MFY raisi oldiga borib tortishishni o‘ylamadik. Chunki, o‘sha kuni Do‘zandada oqsoqollar saylovi o‘tayotgan ekan.

Ularning bor umidi esa mana shu maqolani mutolaa qilayotgan siz o‘quvchilardan. Munisa uchun marhamatingizni darig‘ tutmang.

Ehsonli, o‘zganing dardini tushuna olgan otalar-onalar, akalar-ukalar, opalar-singillar... Munisaning yaqinlari ko‘zida yosh bilan yordam umididalar. Chaqaloqning operatsiyasi uchun mablag‘ yig‘ishga ko‘mak so‘raymiz.

Xayriya maqolamizni o‘qigan insonlar doim bemorlarni qo‘llab kelmoqda. Shu paytgacha, noumid bo‘lmagan og‘ir holdagi kasallar ham ehsonli kishilar ko‘magida niyatlariga yetishdi. Munisa ham istisno bo‘lmas!

Ehsonli kishilar ushbu maqolamizni bee'tibor qoldirmaydilar, degan niyatdamiz.

Bemor Munisaning onasi Karimova Dilshoda nomiga ochilgan karta

Click/PayMe: 8600 0417 5314 8494 (Agrobank)

MFO: 00249

INN: 200067511

Naqd pul to‘lovlari uchun: 23116000100000249001

 Pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlar uchun: 23118000700000249500

Dilshoda Karimovaning telefon raqami: +998 91 353 33 95

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma'lumotlari: Karimova Dilshoda Soibjon qizi. Pasport raqami: AA 695 1354

Elmurod Ermatov tayyorladi

Teglar

Top