8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:36 / 18.05.2019 15879

Fohishalikka yuborilayotgan ayollar to‘xtatib qolindi - IIV

Joriy yilning 9 may kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbir olib borilgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Uning natijasida, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 34 yoshli U.Z.  “Aziza” ismli jinoiy sherigi bilan til biriktirib, o‘zi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan viza va chipta asosida, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 31 yoshli A.R. hamda Angren shahrida yashovchi 21 yoshli S.M.ni “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tib, u yerdan Turkiyaning Istanbul shahriga shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun jo‘natib yuborayotgan vaqtda  qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top