16:33 / 18.05.2019
7283

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bosh vazirga va ayrim masalalar bo‘yicha prezidentga bo‘ysunishi belgilandi

Hukumat qarori bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, Qo‘mita monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya sub'yektlari ustidan nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Qo‘mita bosh vazirga hamda ayrim masalalar bo‘yicha prezidentga bo‘ysunadi.

Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi Qo‘mita tarkibiga kiradi.

Qo‘mita xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni ta'minlaydi.

Qo‘mita mulkchilik shaklidan qat'i nazar monopoliya sohasida tadbirkorlar faoliyatini tekshiradi.

Qo‘mita raisi bosh vazir taqdimnomasiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Hukumat tomonidan doimiy ravishda Qo‘mita faoliyatining samaradorligi baholanib boriladi.

Mavzuga oid
Top