8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

12:55 / 18.05.2019 27276

Transport vazirligi O‘zbekistondan Turkmanistonga o‘tolmayotgan yuk tashuvchilar bo‘yicha ma'lumot berdi

Turkiyaning 100 ga yaqin yuk mashinalari qariyb bir oydan buyon O‘zbekistonning Turkmaniston bilan chegarasida to‘xtab turgani haqida xabar e'lon qilingandi.

Transport vazirligi ushbu holat bo‘yicha bayonot berdi. vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Tojikiston Respublikasidan yuk ortgan avtotransport vositalari O‘zbekiston hududidan hech qanday muammosiz tranzit harakatlanib kelgan. 

Turkmaniston chegara postidan o‘tkazilmayotganligi sababli, chegarada hozirda 50-55 taga yaqin yuk mashinasi yig‘ilib qolgan. Ushbu masala yuzasidan Turkmaniston Respublikasi “Turkmanavtoulovlari” agentligi bilan bog‘langanda, mas'ul xodim agentlik tomonidan hech qanday to‘siq qo‘yilmaganligini ta'kidlagan. O‘z navbatida, masala chegara qo‘shinlari yoki bojxona xizmati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirgan. 

Joriy yilning 20 may kuni Turkmaniston Respublikasi “Turkmanavtoulovlari” agentligi vakillari bilan muzokaralar olib borish rejalashtirilgan bo‘lib, yuqoridagi masala bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot beriladi, deyiladi Transport vazirligi axborot xizmati xabarida.

Top