8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

00:12 / 18.05.2019 42814

Xayriya mablag‘larini o‘g‘irlashda asosiy gumondor qo‘lga olindi. Bemor qizaloq Hindistonga jo‘nab ketdi

Kun.uz tahririyati ko‘magida xayriya o‘tkazib, xalqdan yordam olayotgan Ziroat Jaylabayevaning pullari  aprel oyida vijdonsizlarcha o‘g‘irlanganligi haqida xabar berilgandi. Ma'lum vaqt o‘tib, ushbu ayolning xayriya pullarini o‘g‘irlagan deya gumon qilingan shaxslar Zangiota tuman ichki ishlar bo‘limi Jinoyat-qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi va tergov harakatlari boshlandi. 

IIB, bank va aloqa operatorlari xodimlarining sa'y-harakatlari bilan pullar o‘z egasiga qaytdi. Bemor Yulduzxonning holati bu orada yomonlashib qolgandi. Kutilayotgan operatsiya uchun pullar topilgach, bemor va uning onasi Hindistonga muolaja uchun uchib ketdi.

YouTube

Tas-IX

«Yulduzxon uchun yig‘ilgan mablag‘imiz topildi. Mana hozir operatsiya qilish uchun olib ketyapmiz. Aeroportdamiz. Bizga ehson qilgan insonlarga rahmat. Zangiota tumani ichki ishlar bo‘limiga rahmat. Mablag‘imizni 15 kunda o‘zimizga qaytarib berishdi. Endi mana Hindistonga uchib ketmoqdamiz. Barcha saxiy insonlarga tashakkurimni aytmoqchiman. Xayriya pullarimni o‘margan o‘sha insofsiz yigitga aytardimki, kasallarning pulini olish yaxshi ish emas. To‘g‘ri yo‘lga kirishini istardim.

Hozir Hindistonga borsak, bizni kutib olishadi. Oldinda tekshiruvlar bor ekan. Keyingi haftaning boshlariga operatsiya kutilyapti. Yorug‘ yuz bilan o‘tib olishimiz va qaytib kelishimiz uchun duoda bo‘lishingizni so‘rab qolaman. Hammaga katta rahmat. Ichki ishlar xodimlari Suhrob va Oybeklarga, Beeline kompaniyasiga, barcha ehson qilgan insonlarga yana bir bor rahmat» , deydi bemorning onasi safar oldidan.

Savob ilinjida ehson qilgan yurtdoshlar! Sizning ko‘magingiz sabab bir oila katta orzular bilan, sog‘ayish uchun uchib ketdi. Muqaddas Ramazon oyida bemor va Ziroatxonning safari xayrli bo‘lishini tilab qolamiz. 

Xayriya mablag‘larini o‘zlashtirishda gumonlanib ushlangan shaxs va tergov yakunlari haqida maxsus reportaj taqdim etiladi.

Teglar

Top