8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

09:00 / 18.05.2019 7841

Yakkasaroy tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun 2ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi

Yakkasaroy tumani Yakkasaroy mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz onalar uchun 24ta xonadondan iborat 2ta 4 qavatli uy qurib, foydalanishga topshirildi. Quvonarlisi, bu uylar Grand Capital Group xususiy qurilish firmasi homiylik mablag‘lari hisobidan beg‘araz qurib berilgan.

Sir emas, Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarligiga saylanganidan boshlab, mamlakat aholisining kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularni turarjoy bilan ta'minlash, ular uchun qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini barpo etish masalalariga jiddiy e'tibor bera boshladi. 

​Bu joylardagi hokimliklarning amaliy faoliyatida ham ko‘zga yaqqol tashlana boshladi. Hokimliklarning yangi uy-joylar qurish bilan shug‘ullanuvchi firma va kompaniyalar bilan kelishgan holda ish yuritishi natijasida ko‘plab boshpanasi yoki o‘z uyi bo‘lmagan oilalar, fuqarolarga yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadonlar ajratib berildi. 

​Bu borada ayrim firma va kompaniyalar o‘z tashabbuslari bilan bir necha o‘nlab xonadonli ko‘p qavatli uylarni qurib, hokimliklar ixtiyoriga topshirmoqda. Natijada kam ta'minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz onalar va nogironlar boshpanali bo‘lyapti. 

Xususan, Yakkasaroy tuman hokimligi Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 2019 yil 14 aprel kuni ana shunday ko‘p qavatli uylardan ikkitasi tantanali ravishda foydalanishga topshirilgan. Tantanali marosimda Prezident maslahatchisi T. Xudoybergenov, Toshkent shahar hokimi J. Ortiqxo‘jayev, Yakkasaroy tumani hokimi B. Shomurodov, Grand Capital Group rahbari Ziyoyev Iftixor, madaniyat arboblari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, bu kabi xayrli ishlar bardavom bo‘lishi borasida tilaklar bildirishdi. 

Xabarda ta'kidlanishicha, bir necha yildan buyon qurilish sohasida faoliyat olib boruvchi Grand Capital Group firmasi 2ta turar-joy binosini qurib, Yakkasaroy tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalar ixtiyoriga topshirgan. 4 qavatli uylarda jami 48ta xonadon mavjud. 

​Ma'lum qilinishicha, bunday savobli ishda Toshkent shahar va Yakkasaroy tuman hokimligi bilan hamkorlik qilingan. Bugungi kunda Sh.Rustaveli ko‘chasi, 140-a va 140-b uylarida 30dan ortiq, shu vaqtgacha uysiz bo‘lib, duch kelgan joyda yashab kelgan oilalar istiqomat qilib kelmoqda.

Top