8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

16:30 / 19.05.2019 2000

Abdulaziz Komilov Rossiya Federal majlisi yuqori palatasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Foto: TIV axborot xizmati

19 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) bitiruvchilarining V Xalqaro forumida ishtirok etayotgan Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisining o‘rinbosari Ilyas Umaxanov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

“Suhbatda ikki tomon kun tartibining, xususan uning tarkibiy qismi bo‘lgan ikki davlat hokimiyatining qonunchilik organlari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari palatalari darajasidagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi.

Ilyas Umaxanov MGIMO bitiruvchisi sifatida O‘zbekiston rahbariyatiga V forumni tashkil etgani va mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Top