8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

12:40 / 19.05.2019 12474

AQShdan Zelenskiy inauguratsiyasiga kimlar borishi ma'lum qilindi

Foto: Stepan Franko / EPA / TASS

Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyning 20 maydagi inauguratsiyasida AQShdan 5 kishi ishtirok etadi. AQSh delegatsiyasiga energetika vaziri Rik Perri boshchilik qiladi.

AQSh delegatsiyasi ro‘yxatini AQSh davlat departamentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kurt Volker tvitterda e'lon qilgan. U ham delegatsiya tarkibiga kiritilgan.

Bundan tashqari, delegatsiya tarkibiga AQShning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Gordon Sondland, AQSh milliy xavfsizlik kengashidagi Yevropa ishlari departamenti direktori Aleksandr Vidman hamda AQShning Ukrainadagi diplomatik missiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Jozef Pennington kirgan.

Ukraina tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Yekaterina Zelenkoning ma'lum qilishicha, inauguratsiya marosimida 5 ta davlat: Latviya, Litva, Estoniya, Gruziya va Vengriya prezidentlari, Kanada mudofaa vaziri, Fransiyaning Yevropa masalalari bo‘yicha vaziri, Polsha tashqi ishlar vaziri, Turkiya vitse-prezidenti, Moldova bosh vaziri, Ozarboyjon parlamenti raisi, Belarus, Ruminiya, Bolgariya va Slovakiya bosh vazirlari o‘rinbosarlari kelishlari kutilmoqda.  

Top