8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

18:40 / 19.05.2019 6614

Komil imonning shartlaridan biri yaxshi so‘zni gapirishdir

«Kun hadisi» dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni «Imon xislatlari», deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni O‘zbekiston musulmonlar idorasi kotibiyati mudiri Muhammadayubxon Hamidov sharhlab berdi.

Video: YouTube

Video: Mover (tas-ix)

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kim Allohga va qiyomat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gapni aytsin yoki sukut qilsin. Kim Allohga va qiyomat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisini hurmat qilsin. Va yana kim Allohga va qiyomat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, mehmonini ikrom qilsin».

Bu hadis Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qisqa so‘zlar bilan ko‘p ma'noni o‘z ichiga olgan gaplaridan. Hadisning avvalida Rasululloh alayhissalotu vassalom kimki imon keltirgan bo‘lsa, degan shartni aytmoqdalar. Bu yerda imon qiyomatda najot bo‘lishi nazarda tutilgan.

Bu hadis bir qancha narsani o‘z ichiga jamlagan. Unda birinchidan, inson fe'li bilan ijro etadigan axloq, ikkinchidan tili bilan ijro etadigan axloq nazarda tutilgan.

Insonni do‘zaxdan qutqaradigan komil imonning shartlaridan biri yaxshi so‘zni gapirishdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni sahobalarga tillarini ko‘rsatib «Mana shundan ehtiyot bo‘linglar», dedilar. Shunda sahobiylar «Biz tilimiz tufayli ham do‘zaxga tushishimiz mumkinmi?» deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa: «Insonlarni yuztuban holatda do‘zaxga uloqtiradigan narsa tillaridir», dedilar.

Top