8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

17:13 / 19.05.2019 7783

So‘rov: amerikaliklarning yarmidan ko‘prog‘i maktabda arab raqamlari o‘rgatilishiga qarshi chiqdi

Foto: Depositphotos / ronstik

AQSh aholisining yarmidan ko‘prog‘i maktablarda arab raqamlari o‘rgatilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda Civic Science tomonidan o‘tkazilgan so‘rov dalolat bermoqda, deb xabar berdi Independent.

Sotsiologlar respondentlarga "Amerika maktablarida o‘quv rejasiga arab raqamlarini o‘rgatish kirishi kerakmi?" degan savolni berishgan. Shu bilan birga so‘rovda ishtirok etganlarga "arab raqamlari" termini nimani anglatishi tushuntirilmagan.

Natijada qatnashuvchilarning 56%i salbiy, 29%i ijobiy javob bergan, 15% ishtirokchilar esa javob berishga qiynalgan.

Arab raqamlari deb odatda aksariyat mamlakatlar o‘nlik sanov tizimida qo‘llaniladigan 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 belgilariga aytiladi. 

So‘rovda 3624 kishi qatnashgani aytilmoqda.

Top