10:40 / 20.05.2019
8776

Samarqandda yo‘l qoidasi buzilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida 2019 yil 14 may kuni vaqtincha Samarqand shahar Gasparali ko‘chasida yashovchi 32 yoshli O‘.T. boshqaruvidagi “Labo” rusumli avtomashinasini Nayman MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Kattaqo‘rg‘on” yo‘lining 6-km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chortut mahallasida yashagan 50 yoshli M.I.ni urib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada M.I. jarohat olib kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top