8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

09:23 / 20.05.2019 10646

Tramp AQSh kompaniyalari Xitoyni tark etayotganini aytdi 

Foto: Alex Brandon / AP

AQSh prezidenti Donald Tramp u tomonidan Xitoy mahsulotlariga kiritilgan bojlar AQSh kompaniyalarining Xitoyni tark etishiga olib kelayotganini aytdi.

U Fox News telekanaliga intervyuda Xitoydan olib kiriluvchi tovarlarga boj to‘lovlarining oshirilishi turli kompaniyalarni o‘z ishlab chiqarishini Xitoydan Vetnam va Osiyoning boshqa davlatlariga ko‘chirishga undayotganini aytgan. Trampning ta'kidlashicha, bunday bo‘lishida xitoyliklarning o‘zi aybdor. 

AQSh prezidentining aytishicha, AQSh va Xitoyda savdo kelishuvining yaxshi varianti bor edi, biroq Pekinda barchasini o‘zgartirishga qaror qilindi. “Men shunda “OK, unda biz bojlarni oshiramiz, deb aytdim”, deb ta'kidlab o‘tdi Tramp.

AQSh prezidenti shuningdek sobiq vitse-prezident Jo Baydenni Xitoy bo‘yicha pozitsiyasi uchun tanqid qilgan. “U Xitoy bizga raqobatchi emasligini aytgan. Xitoy esa juda kuchli raqobatchi. Ular butun dunyoni egallab olmoqchilar”, deb aytgan Tramp.

Vashington 10 maydan AQShga olib kiriluvchi Xitoy tovarlariga boj qiymatini 10 foizdan 25 foizgacha oshirdi. Xitoy bunga javoban AQShdan olib kiriluvchi, umumiy qiymati 60 mlrd dollarlik mahsulotlarga 1 iyundan boj qiymatlari oshirilishini e'lon qildi. 

Top