02:00 / 20.05.2019
14589

SSKA Yevroliga g‘olibi bo‘ldi

Foto: Twitter/EuroLeague

Ispaniyaning Vitoriya-Gasteys shahrida basketbol bo‘yicha Yevroliga musobaqasining «To‘rtlar finali» yakunlandi.

Hal qiluvchi bahsda Turkiyaning «Anado‘lu Efes» va Rossiyaning TsSKA klubi bellashdi. Qizg‘in kurashlarga boy tarzda o‘tgan o‘yinda moskvaliklarning qo‘li baland keldi - 91:83.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Madridning «Real»i Turkiyaning «Fenerbaxche» klubidan ustun keldi – 94:75.

Natijada, TsSKA o‘z tarixida 8-marta (1961, 1963, 1969, 1971, 2006, 2008, 2016, 2019) Yevroliga g‘olibi bo‘ldi. 

Yevroliga – basketbol bo‘yicha Yevropa klublarining eng nufuzli musobaqasidir. Turnirda eng ko‘p g‘alaba qozongan klublar «Real» (10), TsSKA (8), «Makkabi Tel-Aviv» (6) va «Panatinaikos» (6) hisoblanadi.

Yevroliga, To‘rtlar finali
19 may, Vitoriya-Gasteys, Ispaniya

3-o‘rin uchun bahs

Fenerbaxche (Turkiya)  –  Real (Madrid, Ispaniya) 75:94 (16:24, 24:14, 23:31, 12:25)

Final

Anado‘lu Efes (Turkiya) – TsSKA (Rossiya)  83:91 (20:29, 22:15, 20:24, 21:23)

Anadolu Efes: Larkin (29 ochko), Danston (13 + 10 podbor), Mitsich (10), Anderson (7), Morman (2) – start; Simon (15 + 8 podbor), Motum (4), Bobua (3), Balbay (0), Plyayss (0).
TsSKA: Klaybern (20 ochko), De Kolo (15), Xekett (7), Kurbanov (7), Xanter (7) – start; Xiggins (20), Xayns (9), Rodriges (6), Uxov (0), Piters (0), Bolomboy (0).

Top