8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

22:18 / 20.05.2019 23835

Yerning koinotdan 4K formatdagi ilk tasviri olindi

Rossiyaning “Energiya” kompaniyasi tomonidan Misr uchun ishlab chiqilgan EgyptSat-A sun'iy yo‘ldoshi sayyoramiz sirtining o‘ta yuqori aniqlikdagi 4K formatdagi ilk tasvirini oldi. Sun'iy yo‘ldoshda o‘rnatilgan videotizim Sen britan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Tizim 6 ta videokamera, ularni boshqaruvchi va videoni qayta ishlovchi kompyuterdan iborat. 

Sen kompaniyasi saytida e'lon qilingan videoda O‘rtayer dengizi va Qizil dengizni ko‘rish mumkin.

Hozirda EgyptSat-A sun'iy yo‘ldoshi rossiyalik mutaxassislar boshqaruvi ostida parvoz sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Shundan keyin u Misrga topshiriladi. 

Top