8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

14:48 / 21.05.2019 13393

Blumberg: Poroshenko besh yillik prezidentligi davomida milliarder maqomidan ayrildi

Foto: Getty Images/Brendan Hoffman

Ukrainaning beshinchi prezidenti Pyotr Poroshenko besh yillik prezidentligi davomida milliarderlik maqomidan ayrildi, deb yozadi Blumberg agentligi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, 2014 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Poroshenkoning aktivlari qariyb 40%ga, 705 million dollargacha kamaygan.

Poroshenkoning asosiy aktivi – qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Roshen" korporatsiyasi bo‘lib, uning fabrikalari Rossiya, Litva va Vengriyada ham joylashgandi. 2012 yilda "Roshen" 400 ming tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, Rossiyada uning mahsulotlari taqiqlanganidan keyingi ikki yil ichida ishlab chiqarish 25%ga qisqargan.

Poroshenkoning boshqa aktivlariga bank, telekanal, sug‘urta kompaniyasi va bir nechta oziq-ovqat korxonalari kiradi, deb eslatadi Blumberg.

30 aprel kuni Ukraina MSK Vladimir Zelenskiyni prezident saylovi g‘olibi deb e'lon qildi. Zelenskiy 20 may kuni qasamyod qabul qildi.

Top