8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:08 / 21.05.2019 3357

Huawei’ga AQShda vaqtinchalik ishlashga ruxsat berildi

Foto: Getty Images

AQSh savdo vazirligi Xitoyning Huawei kompaniyasiga AQShda ishlashga vaqtinchalik ruxsatnoma berdi. Bu ruxsatnoma mavjud tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash va gadjetlar dasturiy ta'minotini yangilashga imkon beradi. 

Ruxsatnomani nafaqat Huawei, balki uning nazoratidagi 68 kompaniya ham olgan. U 90 kun, ya'ni 19 avgustgacha amal qiladi. 

Kompaniyalarga tarmoqlar, qurilmalar va mobil gadjetlarning ishini qo‘llab-quvvatlashga, o‘z qurilmalari dasturiy ta'minotini yangilashga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, Huawei’ga AQShda tovarlar sotib olishga cheklovlar bekor qilinadi.

Shu tariqa, AQSh hukumati avvalroq Xitoy kompaniyasiga kiritgan cheklovlarni vaqtinchalik bekor qildi. Bu esa Huawei mijozlarining ishiga putur yetmaslik uchun sharoitlar yaratishga imkon beradi. 

Avvalroq AQSh savdo vazirligi prezident Donald Tramp “axborot texnologiyalariga xavf mavjudligi sababli” milliy favqulodda vaziyat tartibini kiritgach, Huawei’ni qora ro‘yxatga kiritgandi.

Teglar

Top