09:00 / 21.05.2019
6085
Reklama

Orzuingizdagi loyihani qurish oson

Benkam Alu Architecs taqdim etgan, qurilishdagi yangi imkoniyatlar

U yoki bu binoni qurish haqida o‘ylar ekan, odatda, ko‘pchilik o‘z orzusidagi loyihani amalga oshirishni istaydi, lekin bunda bir qancha qiyinchiliklarga duch keladilar. Masalan, g‘oyalarni real hayotda amalga oshirishga bog‘liq murakkabliklar, mahalliy bozorda zamonaviy yechimlarning yo‘q ekani yoki ularni chet eldan import qilish qimmatga aylanishi bunga misol bo‘la oladi.  

Bugungi kundagi keng ko‘lamli qurilishlar vaqtida, bozor zamonaviy yechimga ega kompaniyalarga ehtiyoj sezmoqda. Benkam Alu Architecs arxitektorlarning nostandart g‘oyalari, yoki har qanday individual eskiz asosidagi, eng dadil fasad dizayni yechimlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Benkam Alu Architecs – bu yosh, tez rivojlanayotgan kompaniya bo‘lib, u alyuminiy profil sistemalarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek u Rossiya, Yevropa va Amerika mamlakatlariga profil eksport qiluvchi, eng yirik distribyutor ham.

Fasad sistemalariga kelsak, bu fasadni qoplash va bino tomini yopish mahsulotlari bo‘lib, imoratning sirtqi yuzalarini tashqi muhit ta'siridan saqlashga mo‘ljallangan.

Yaxshi narx, sifat, arxitekturaviy imkoniyatlar va xususiyatlarning mutanosibligi sababli, Benkam Alu Architecs mahsulotlari – rekonstruksiya, kapital ta'mir ishlari va uy qurilishida eng maqbul tanlov.

Fasadlar sovuq va shovqindan yaxshi himoyalaydi, yorug‘lik nurini to‘smaydi va kerakli darajadagi ventilyatsiya bilan ta'minlaydi.

  • Benkam Alu Architecs konstruksiyalarini quyoshdan saqlash sistemasi bilan to‘ldirish mumkin.
  • Shishadan yaratilgan fasadlar tashqariga issiqlik chiqib ketishining oldini oladi, shunday qilib, ular elektr toki va isitish sistemasi xarajatlarini tejaydi.
  • Qo‘llanilgan materialdan kelib chiqib, bunday sistemalardan 50 yilgacha foydalanish mumkin. Bu vaqt mobaynida ular ta'mir yoki restavratsiya talab etmaydi.
  • Sistemalarning yana bir muhim tarkibiy qismi – alyuminiy profillar, ular sabali, konstruksiyaning bukilish burchagi va qiyaligini o‘zgartirish mumkin, ya'ni turli-tuman va murakkab yuzalarni yaratish imkoni bor.

Texnik ma'lumotlarga kelsak, mahkamlash usulidan kelib chiqib, Benkam Alu Architecs quyidagi fasad yechimlarini taklif etadi:

— Tayanch-rigelli va tirgak-rigelli

Bu fasad sistemalari universalligi va oddiyligi sababli, eng ko‘p tarqalgandir. Ular fasad karkasini hosil qiluvchi vertikal va gorizontal elementlardan iborat.

— Yarimoyna strukturali 

Bu sistemaning ustki yuzasida faqat bir turdagi profil - vertikal yoki gorizontal xili ko‘rinib turadi. Arxitekturaviy yechimdan kelib chiqib, tanlanadigan dekorativ elementli qisqichi bor. Steklopaketlar orasidagi chok maxsus, ob-havo ta'siriga chidamli germetik bilan to‘ldirilgan.

— To‘liq oyna strukturali 

Strukturali sistemaning tashqi yuzasida hech qanday alyuminiy elementlar ko‘rinmaydi. Shu sababli, binoga zamonaviy ko‘rinish beruvchi, yaxlit oynali devor taassuroti paydo bo‘ladi.  

Benkam Alu Architecs kompaniyasiga ishonch bildirgan ko‘p sonli qurilish tashkilotlari mahsulotlarimizning bu xususiyatlarini yuqori baholashga ulgurdilar. Ular ichida «Compass» va «Eski Shahar» KSM shuningdek, «Huvaydo» TJM ham bor.

«Olmazor City» shourumi
«Huvaydo» TJM
«Dream City» shourumi

Benkam Alu Architecs nafaqat fasad sistemalari, balki deraza-rom, eshik, va ikki yoqqa surilib, ochiluvchi konstruksiyalarni loyihalashtirish bilan ham shug‘ullanadi.

Benkam Alu Architecs kompaniyasi va uning xizmatlari haqidagi to‘liq ma'lumotlarni quyidagi raqam orqali olishingiz mumkin: 78 150 61 61

Yoki tayyor mahsulotlarni ko‘rib, o‘rganish uchun, «Imzo» rasmiy shou-rumlari va «Akfa» dilerlik tarmog‘iga tashrif buyuring: 71 203 00 00

Reklama huquqi asosida

Top