8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

12:25 / 21.05.2019 73390

“Tafakkur qilmaysizmi?..”: Kislorodning mo‘jizasi

Farrux Soipov muallifligida “Tafakkur qilmaysizmi?..” ko‘rsatuvining ilk soni o‘quvchilar e'tiboriga havola qilingan edi. Mazkur ko‘rsatuvning ikkinchi sonining mavzusi Alloh taoloning ne'matlaridan biri – kislorod haqida bo‘ladi.

Alloh taoloning koinotda yaratgan qonunlari bo‘lib, u “kavniy” qonunlar deyiladi. Va Alloh taoloning insonlar o‘rtasida yaratgan qonunlari bo‘lib, ular “shar'iy” qonunlar deb nomlanadi. Bizni o‘rab turgan koinot, tabiatdagi qonunlar maxluqotlar tomonidan yuzda yuz ishlaydi. Masalan: quyosh har kuni belgilangan vaqtda chiqadi va botadi, shu bilan birga, insoniyat uchun qanchadan qancha foyda keltiradi. Oy uning ketidan ergashadi, tun va kunning, fasllarning almashinuvi, daraxtlarning o‘z vaqtida gullab meva berishi, umuman, koinotdagi har bir narsa vazifasini mukammal bajarayotgani, ularning Robbisiga bo‘lgan itoatining mukammalligidan dalolat beradi.

“Shar'iy” qonunlar huddi shunday samara beradi, qachonki unga amal qilinsa. Tabiatdagi muvozanat kabi, insonlar o‘rtasida ham xuddi shunday muvozanat yuzaga kelarkan. Atmosferamizning 78 foizini azot, 21 foizini kislorod, qolgan 1 foizini karbonat angidrid va boshqa gazlar tashkil etadi. Alloh taolo o‘simlik va daraxtlarga shunday qobiliyat berganki, ular atmosferadan o‘ziga kerak bo‘lgan karbonat angidridni tortib oladi. Yerdan suvni o‘ziga singdiradi va suvdan olingan vodorod bilan karbonat angidridni quyoshning yordami bilan parchalaydi. Natijada ikkita narsa ishlab chiqaradi, ya'ni glyukoza va kislorod. Glyukozani quvvat bo‘lishi uchun o‘zida qoldiradi, kislorodni tashqariga chiqaradi. Aynan biz ana shu kisloroddan nafas olamiz.

Nafas olish jarayoni qanday kechadi? Bu, aslida, juda murakkab jarayon bo‘lib, kislorodning o‘pka hujayralariga yetib borishi bir soniyada amalga oshadi. Ammo biz bu haqda tafakkur qilmaymiz. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: kislorod o‘simliklardan chiqadigan bo‘lsa, sahroda kislorod qayoqdan paydo bo‘ladi? Axir, u yerda o‘simliklar o‘smaydi-ku. Yoki bo‘lmasa muzliklardan iborat Antarktidada-chi? 

Alloh taolo shamolga yuklagan vazifalardan biri shuki, shamol o‘rmonlarning orasiga kirib, u yerdan me'yoridan ortiqcha bo‘lgan kislorodni haydab chiqaradi va kislorod yetishmaydigan joylarga tarqatadi. Buni Yer yuzidagi 21 foiz kislorodni me'yorlashtirish qonuni desak ham bo‘ladi. Chunki bu miqdor oshib ketsa, yong‘inga sabab bo‘ladi, tushib ketsa, havo yetishmay qoladi.

“Kavniy” qonunlar “shar'iy” qonunlarga dalolat qiladi. Xo‘sh, yuqoridagi jarayon qaysi “shar'iy” qonunlarga dalolat qilmoqda? Alloh taolo bir bandasini rizqini keng, o‘zini boy qilib yaratdi. Boshqa bir bandasini hikmati ila kambag‘al qilib qo‘ydi. Boy bo‘lgan bandasiga miskin-bechoralarga ehson, sadaqa qilishga buyurdi. Tafakkur qilib ko‘ring, agar shamol o‘rmonlarning orasiga kirib, ortiqcha bo‘lgan kislorodni haydab chiqqarmasa, yong‘in sodir bo‘lgani kabi, agar kishi mol-dunyoni me'yoridan ortiq to‘plab, o‘z o‘rnida tarqatmaydigan bo‘lsa, yonishlikka sabab bo‘lar ekan.

“Tafakkur qilmaysizmi?..” ko‘rsatuvining mazkur sonida kislorodning yana boshqa xususiyatlari va uning butun insoniyat hayotida tutgan ulkan o‘rni haqida so‘z boradi, mushohada yuritiladi.

Top