14:37 / 21.05.2019
19780

Transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish tartibi qanday?

Foto: autocentre.ua

Ayrim qonun hujjatlari buzilganligi uchun transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Qonunchilikka ko‘ra, vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini saqlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlab olingan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu yuridik shaxslar ushlangan transport vositasini jarima maydonchasiga maxsus vosita (evakuator) yordamida joylashtirilishini ta'minlashi shart.

Bunda transport vositasining eshiklari, bagajnigi, kapoti, benzin baki qopqog‘i surg‘uchlagan (muhrlangan) holda jarima maydonchasiga joylashtirilishi lozim.

Transport vositasini ushlagan YHH xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:

haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlatadi;

ma'muriy bayonnoma yoki transport vositasi ushlanganligi to‘g‘risidagi qarorni rasmiylashtiradi;

transportdagi mol-mulk bo‘yicha tegishli dalolatnoma tuzadi.

dalolatnoma nusxasini transport egasiga (vakiliga), shuningdek transport vositasini jarima maydonchasida saqlashga mas'ul bo‘lgan shaxsga topshiradi.

Top