12:10 / 22.05.2019
3721

Abdulaziz Komilov Bishkekda Van I bilan uchrashdi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bishkek shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari 2019 yil 25 aprel kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumi ishida ishtirok etish doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev va rais Si Tszinpinning ikki tomonlama uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga asosiy e'tibor qaratdilar.

Vazirlar Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar va uning muvaffaqiyatli yakunlanishidan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar.

Uchrashuvda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid
Top