8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

08:11 / 22.05.2019 18523

AQSh Turkiyaga S-400 bo‘yicha ultimatum qo‘ygani ma'lum qilindi 

Foto: Vitaly Nevar / Reuters

Turkiya iyun boshida Rossiyaning S-400 majmualari bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishi lozim. Buni Anqaradan Vashington talab qilmoqda. Agar Turkiya S-400 o‘rniga AQShning zenit-raketa majmualarini sotib olmasa, unga qarshi sanksiyalar kiritilishi mumkin. 

Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda CNBC telekanali xabar berdi. Anqara bu ultimatum bo‘yicha iyunning 1-haftasi oxiriga qadar qaror qabul qilishi lozim.

Turkiya S-400 majmualarini sotib olishdan voz kechib, ular o‘rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishi lozim. Aks holda Anqara 5-avloddagi F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqishi kerak, u buyurtirgan 100 ta shunday samolyotdan mahrum bo‘ladi,  AQSh tomonidan sanksiyalar va NATO choralariga duch kelishi mumkin.

Telekanal manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, bu AQSh davlat departamentining Turkiya rahbariyatiga oxirgi taklifidir. “NATO davlatlari NATO tizimlariga mos keluvchi harbiy texnikani xarid qilishi lozim. Rossiya tizimi esa bu standartga mos kelmaydi. Biz Turkiya S-400’ni sotib olsa, real va juda salbiy oqibatlarga duch kelishini ta'kidlab o‘tamiz”, deb aytgan noma'lum bo‘lib qolishni istagan manba.

Rossiya va Turkiya S-400’ning 4 ta divizionini yetkazish bo‘yicha kelishuvni 2017 yil oxirida imzolagan. NATO a'zosi bo‘lgan Turkiyaning S-400’ni sotib olishi AQShning keskin tanqidiga uchragan. Vashingtonda bu holat Anqara bilan harbiy-texnika sohasida hamkorlik qilish imkoniyatini tahdid ostiga qo‘yishi ta'kidlab o‘tilgan. 

Turkiya F-35 samolyotlarini ishlab chiqarish dasturida ishtirok etib, 100 ta shunday samolyot buyurtirgan. Birinchi F-35 Turkiyaga 2018 yil iyunda topshirilgan, biroq AQSh hududini tark etmagan. 

Top