08:08 / 22.05.2019
21311

Bekobodda ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi

2019 yil 20 may kuni soat 14:00larda Bekobod shahar, O‘zbekiston mahallasi, Istiqbol ko‘chasi, 22-uyning ro‘parasida joylashgan chiqindixonada Bekobod shahar, Me'mor (Abbasova) ko‘chasida yashovchi fuqaro R.M.ning (1975 y.t., ayol kishi) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a'zolari chiqdilar.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur og‘ir jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top