22:08 / 22.05.2019
13209

Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichi yakunlandi va pley-off juftliklari ma'lum bo‘ldi 

Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi va 1/8 finalning barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi. 

Faqat A guruhida Eronning «Zo‘b Ohan» va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klublari o‘rtasidagi bahs xavfsizlik sabablariga ko‘ra, keyinroq o‘tkaziladigan bo‘ldi. Aynan shu o‘yinda guruhda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar nomi ma'lum bo‘ladi. Hozircha «Zo‘b Ohan» 11 ochko va «An-Nasr» 9 ochko jamg‘argan.

1/8 finalning dastlabki o‘yinlari sharqda 18-25 iyun kunlari, g‘arbda esa 5-6 avgust kunlari o‘tkaziladi. 

OChL, 1/8 final
Dastlabki o‘yinlar

G‘arb mintaqasi
5 avgust

Al-Ittihod (Saudiya Arabistoni) – A guruhi g‘olibi 
A guruhi 2-o‘rin sohibi – Al-Vahda (BAA)
6 avgust
Ad-Duhayl (Qatar) – As-Sadd (Qatar)
Al-Ahliy (Saudiya Arabistoni) – Al-Hilol (Saudiya Arabistoni)

Sharq mintaqasi
18 iyun   

Kashima Antlers (Yaponiya) – Sanfrechche Xirosima (Yaponiya)
Guanchjou Evergrand (Xitoy) – Shandong Luneng (Xitoy)
19 iyun

Urava Red Daymonds (Yaponiya) – Ulsan Hyundai (Janubiy Koreya)
Shanxay SIPG (Xitoy) – Chonbuk Motors (Janubiy Koreya)

Mavzuga oid
Top