8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

09:45 / 22.05.2019 11507

Qozog‘istonda sovg‘aga ot olgan politsiya boshlig‘iga chora ko‘rildi

Foto : nehabar.com

Qozog‘istonning Atirau viloyati politsiya departamenti boshlig‘i, o‘zini nokamtar tutishda ayblangan Ayan Duysembayev o‘z lavozimidan ozod etilib, pastroq lavozimiga tayinlanguncha ichki ishlar vazirligi ixtiyorida bo‘ladi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksey Kalaychidi ma'lum qildi.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti sovg‘aga ot olgan Duysembayevni tanqid qilib, unga nisbatan qat'iy choralar ko‘rilishiga va'da bergandi.  

“U lavozimidan bo‘shatilmadi, balki ozod etildi. U IIV ixtiyorida bo‘ladi”, deb aytgan  Kalaychidi brifingda.

Uning ta'kidlashicha, sobiq politsiya boshlig‘i o‘zini nokamtar tutgan va 6 may kuni general-mayor unvonini olishdan quvonchini o‘zgacha tarzda namoyish qilishi kerak edi. Duysembayev unvonini olgandan bir hafta o‘tgach, ijtimoiy tarmoqlarda unga tantana vaqtida ot sovg‘a qilingani videosi tarqalgan. Bir kun o‘tib ichki ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan.

“11 may, kuchaytirilgan nazorat vaqtida, Duysembayev Atiraudagi dislokatsiya joyidan o‘zi kelib chiqqan tumanga xizmat avtomashinasi va yana bir mashinada nazoratidagi bo‘limlar boshliqlari bilan jo‘nagan. U tumanda bayram tadbirlari tayyorlanayotganidan xabardor bo‘lgan. Barcha unga ot va cho‘pon berilganini ko‘rdi. Uning aytishicha, u otni qaytarib bergan, chunki ot sovg‘a emas, balki e'tibor belgisi bo‘lgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Kalaychidi.

Uning ta'kidlashicha, Duysembayev o‘z xizmat joyini kuchaytirilgan nazorat vaqtida tark etgan, yangi unvon olishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanaga o‘z xodimlarini olib borgan, xizmat transportidan foydalangan. Bularning barchasi xizmat axloqi me'yorlarining buzilishlariga kiritilgan. 

“Tekshiruv natijalariga ko‘ra shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i ham o‘z lavozimidan ozod etildi. U vazirlik rahbariyatini voqeadan xabardor qilishi lozim edi. U buni qilmagan. Boz ustiga, o‘zi ham shu tadbirda ishtirok etgan”, deb aytgan Kalaychidi.

Top