11:39 / 22.05.2019
9786

Rishtonda ayol kishi gaz ballonlarni almashtirayotgan vaqtda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli vafot etdi

Illyustrativ foto

2019 yil 17 may kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashagan Sh.B. ismli ayol uyi oshxonasida gaz plitasiga ulangan gaz ballonini boshqa gaz balloniga almashtirayotgan vaqtida ulardan sizib chiqayotgan gazdan yong‘in sodir bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Oqibatda uyining 70 kv.m. maydonida ichki va tom qismi yonib zarar ko‘rgan hamda Sh.B. kuyish jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

“Hurmatli fuqarolar, xonadoningizda gaz uskunalaridan foydalanganingizda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Gaz texnikalarining soz holda ekanligiga hamisha e'tibor qarating. Zero, bu o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining kafolatidir”, - deyiladi xabarda.

Top