8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

07:41 / 22.05.2019 19429

TIV Instagram’da tarqalgan videomurojaat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi 

Foto: TIV axborot xizmati

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Instagram tarmog‘ida noma'lum shaxslarning Tyumen shahrida go‘yoki fojiali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jasadini vatanga jo‘natish uchun mablag‘ yig‘ishda (hisob raqami ko‘rsatilgan) yordam berish so‘ralgan videomurojaati tarqatilmoqda.

Rossiya IIVning Tyumen oblastidagi boshqarmasi bergan xabariga ko‘ra, 2019 yilning 1 may kunidan boshlab olingan tezkor ma'lumotlarda O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani/halok bo‘lgani to‘g‘risida axborot yo‘q.

Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Chelyabinsk oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi - Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-343-272-31-66, +7-343-272-31-33, +7-965-519-42-22 (WhatsApp va Telegram).

Shuningdek, ma'lum qilinishicha: agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz chet elda yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lsangiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Ma'lumot uchun:

Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2. Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.

O‘zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy. Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17).

Top