08:45 / 22.05.2019
7139

Ummonlik o‘qituvchi ayol nufuzli Buker mukofoti sovrindori bo‘ldi

Foto: EPA-EFE/ANDY RAIN

Ummonlik yozuvchi va o‘qituvchi Joxa Alxartxi 2019 yil uchun Xalqaro Buker mukofoti sovrindori bo‘ldi. Sovrindorni taqdirlash marosimi Londondagi Roundhouse zalida bo‘lib o‘tdi.

Alxartxi nufuzli mukofotni “Samo jismlari” (Celestial Bodies) kitobi uchun oldi. Kitobda ummonlik oilaning uch avlodi haqida so‘zlanadi. Sovrindorga atalgan 50 ming funt sterling miqdoridagi mukofot puli yozuvchi va uning kitobini tarjima qilgan Merilin But o‘rtasida teng taqsimlangan.

“Joxa Alxartxi kitobi inglizchaga tarjima qilingan ummonlik birinchi yozuvchi ayol, mukofotni olgan Fors ko‘rfazidan birinchi muallifdir”, deb aytilgan mukofot saytida.

Mukofotga da'vogarlar orasida Germaniya, Kolumbiya, Fransiya va Chilidan yozuvchilar bo‘lgan.
 
Buker mukofoti adabiyot sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lib, unga 2004 yil asos solingan. 2016 yildan boshlab mukofot ingliz tilida yozilgan yoki Britaniyada chop etilgan kitob muallifiga beriladi.

2018 yilda mukofot irlandiyalik yozuvchi Anna Bernsga “Sutchi” (Milkman) kitobi uchun topshirilgandi.

Mavzuga oid
Top