8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

09:51 / 22.05.2019 12163

Zelenskiy Ukraina Bosh shtabi rahbarini almashtirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondoni - Bosh shtabi boshlig‘i Viktor Mujyenkoni ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga Ruslan Xomchakni tayinladi.

Ukraina prezidentining bu haqdagi farmoni 21 may kuni imzolangan va davlat rahbari saytida e'lon qilingan.

Mujyenko Ukraina Bosh shtabini 2014 yildan buyon boshqarib kelayotgandi.

Ruslan Xomchak

General-leytnenat Xomchak 2016 yilda Ukrainaning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosariga aylangandi. U Moskva oliy harbiy qo‘mondonlik maktabini tamomlagan. Harbiy xizmatni GDRda o‘tagan, keyin Belorussiya Qizil Bayroq ordenli harbiy okrugida xizmat qilgan.

Ukraina sharqidagi harbiy nizo vaqtida Askilterror amaliyot kuchlarining «B» sektori qo‘mondoni lavozimini egallagan.

Top