17:05 / 23.05.2019
13043

Ashraf Xo‘jayev Tashqi ishlar vazirligida yangi lavozimga tayinlandi

Foto: TIV axborot xizmati

Ashraf Xo‘jayev TIV Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi (TIHBB) boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, u bunga qadar Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

TIHBB Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish boshqarmasi, Eksport va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasi, Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Turizmni rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlik boshqarmasini o‘z ichiga oladi.

Mavzuga oid
Top