8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

20:48 / 23.05.2019 3552

«Gazprom» kompaniyasi narxi sakkiz yil ichida ilk bor 5 trln rubldan oshdi

Foto: Yekaterina Kuzmina / RBK

Moskva birjasi savdolari chog‘ida «Gazprom»ning bir aksiyasi narxi 212 rublni tashkil etdi. Natijada kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 5 trln rubldan oshdi, deb yozadi RBK. Raiffeisenbank tahlilchisiAndrey Polishchukning aytishicha, bu holat 2011 yil iyundan buyon ilk bor kuzatildi.

«Bu rekord darajadagi kapitalizatsiya emas. Eng yuqori darajaga 2008 yil may oyida erishilgan, o‘shanda kompaniya narxi 8,7 trln rublni tashkil etgan», — dedi ekspert.

Polishchukning so‘zlariga ko‘ra, o‘sishga direktorlar kengashining 2018 yil natijalari bo‘yicha rekord miqdorda dividend to‘lash to‘g‘risidagi tavsiyalari hamda yuqori natijaga erishish sabab bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston 3 yillik to‘xtashdan keyin yana Rossiyaga tabiiy gaz yetkazib berishni boshlagani xabar qilingandi. Xabarda ta'kidlanishicha, “gaz yetkazilishi 2016 yil boshida “Gazprom” tomonidan tijoriy tanaffus olingandan keyin 2003 yildagi 25 yillik shartnoma doirasida yana yo‘lga qo‘yilgan”.

Shu bilan birga, mart oyi o‘rtalarida Jizzax neftni qayta ishlash zavodi qurilishi vaqtincha to‘xtatilgani ma'lum qilindi. 

2,2 milliard dollarga baholangan Jizzax neftni qayta ishlash zavodi 2021 yilda ishga tushgach, yiliga 3,7 million tonnadan ziyod motor yonilg‘isi, 700 ming tonnadan ziyod aviakerosin, 300 ming tonna boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishi aytilgandi. Zavodni «Gazprom»ning sho‘'basi — Enter Engineering qurishi ko‘zda tutilgan edi.

Top