8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

10:14 / 23.05.2019 30040

General-leytenant Po‘lat Bobojonov: «Kunim o‘tsa bo‘ldi» deydigan xodim tizimimizda ishlay olmaydi» 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov “Hurriyat” gazetasiga intervyu berdi. Unda IIV va tizimlarida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Bu haqda IIV saytida xabar berilgan.

“Endi eskichasiga ishlab bo‘lmaydi. Kabinetda o‘tirib buyruqbozlik qilish zamoni o‘tdi. Rahbar xalqning ichida bo‘lishi, uning dard-u tashvishini yaxshi o‘rganishi, o‘z dard-u tashvishi deb bilishi lozim. Bu borada Yurtboshimizdan o‘rnak olishimiz kerak. Boshqalarga “boshchilik qilaman” degan odam izlanuvchan, tashabbuskor, talabchan bo‘lishi, kezi kelganda g‘amxo‘rlikni ham o‘rniga qo‘yishi, sohaga innovatsion yondashishi. yangicha fikrlashi lozim. Ana shu talablarga javob bera olmaydigan rahbarlar bilan “xayrlashyapmiz”. Qolaversa, yosh kadrlarga ishonch bildiryapmiz. Ammo ishni eplolmasa, ularni ham ayab o‘tirmaymiz.

Nafaqat rahbarlar, balki oddiy xodimlarga nisbatan ham talab yuqori. Bugungi kunda o‘z ustida ishlamaydigan, kasb mahoratini, bilimlarini tinimsiz oshirib bormaydigan, “kunim o‘tsa bo‘ldi” deydigan xodim tizimimizda ishlay olmaydi. U fidoyi, halol, g‘ayrat-shijoatli, eng asosiysi xalqqa xizmat qiladigan xodim bo‘lishi darkor.Faqat o‘zining manfaatini, tinchini o‘ylaydigan xodim ham, rahbar ham bizga kerak emas. Zamonning talabi – shu”, - deydi ichki ishlar vaziri.

Top