8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

11:40 / 23.05.2019 31000

Imomali Rahmon 99 nafar mahbusni afv etishdan bosh tortdi

Foto: Mixail Klimentev / RIA Novosti

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 99 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani rad qildi. Bu haqda Aziya Plyus xabar bermoqda.

Joriy yilning 6 mayida imzolangan, Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan huquqiy axborot bankida e'lon qilingan Prezident farmonida qayd etilishicha, ushbu shaxslarning iltimosnomasi ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasi tufayli rad etilgan.

Ta'kidlanishicha, mahkumlarning shaxsi, yetkazilgan zarar miqdori, qamoqxonalarda o‘zini qanday tutgani va Tojikiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha komissiya taqdimnomasi ham hisobga olingan.

Tojikistonda har bir mahbus 2017 yilda prezidentdan yiliga bir marta afv etish haqida so‘rash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Top