8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

14:38 / 23.05.2019 1441

Investitsiya, boshqaruv kompaniyalari va venchur fondlari qanday ishlaydi?

Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 yanvargacha yangi tuzilgan investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganish va baholash uchun tajriba o‘tkaziladi (24.11.2018 yildagiPF–5583-son Farmon). 
 
Nizom bilan ushbu yo‘nalishda aniqlik kiritildi.
 
Birinchidan, investitsiya kompaniyalarining samaradorligini baholash mezonlari belgilandi:

• foydani oshirish;
• tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi jarayonida uning moliyaviy barqarorligini ta'minlash;
• investitsiya strategiyasini amalga oshirishning eng samarali usullarini ta'minlash;
• joriy va kelgusi davrlarda tashkilot mulkdorlarining farovonligini oshirish. 
 
Investitsiya kompaniyasining vazifalari: bozor rivojlanishini tahlil qilish va prognozlashtirish; investitsiya faoliyatining strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish; loyihalarni baholash, ular amalga oshirilishini joriy rejalashtirish va boshqarish; investitsiya portfelini shakllantirish; loyihadan chiqish bo‘yicha qarorlar tayyorlash va kapitalni qayta investitsiyalash.
 
Ikkinchidan, boshqaruv kompaniyasining maqomi ushbu nomi ta'sis hujjatlarida majburiy qayd etilishi kerak.
 
Boshqaruv kompaniyalari loyihani mustaqil moliyalashtirishlari yoki buning uchun boshqa investitsiya kompaniyalarini jalb etishlari mumkin. Moliyalashtirishda bir qancha investitsiya kompaniyalari ishtirok etayotgan bo‘lsa, ular shartnoma asosida mustaqil ravishda bu jarayonda qaysi biri boshqaruv kompaniyasi sifatida ish yuritishini belgilab oladilar.
 
Investitsiya shartnomasiga ko‘ra taraflar o‘zlarining hissalarini o‘tkazishlari uchun boshqaruv kompaniyasi maxsus hisobraqam ochadi, malakali investorlar va investitsiya kompaniyalarining hissalarini unda jamlaydi.
 
Uchinchidan, venchur fondlari faoliyatining asosiy turlari:

• yuridik va jismoniy shaxslarning (sh.j. xorijiy) pul mablag‘larini keyinchalik innovatsion faoliyatga investitsiya qo‘yishdan foyda ko‘rish maqsadida jamlash;
• yangidan tashkil etilgan va mavjud tashkilotlarning ustav fondida ulushli ishtirok etish yo‘li bilan, shuningdek ushbu tashkilotlarga garov bilan ta'minlanmagan qarzlar berish yo‘li bilan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish;
• bo‘sh turgan pul mablag‘larini ichki bozorda yuqori likvidli moliyaviy vositalarga joylashtirish;
• fond aksiyadori (ishtirokchisi) bo‘lgan tashkilotlarni boshqarishda ishtirok etish.      
 
Iqtisodiyotning muayyan sektori innovatsion loyihalarini moliyalashtiradigan venchur fondlari ixtisoslashtirilgan, turli tarmoqlarini moliyalashtiradiganlari universal hisoblanadi. Fondning nomlanishida «venchur fondi» so‘zlari bo‘lishi kerak. Fondning ustavida bir qator ma'lumotlar: investitsiya faoliyatiga cheklovlar; mablag‘larni jalb qilish, loyihalarga investitsiya kiritish to‘g‘risida va investitsiya kiritilgan korxonalardan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi; dividendlarni to‘lash tartibi va h.k. majburiy tartibda aks ettirilishi kerak.
 
Hujjat 20.05.2019 yildan kuchga kirdi.

Top