10:05 / 23.05.2019
18340

MTRK raisining sobiq o‘rinbosari Bosh vazir qabulxonalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan G‘olibsher Meliboyevich Ziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

G‘olibsher Meliboyevich Ziyoyev
Foto: Uztelecom

Eslatib o‘tamiz, Tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari bo‘yicha prezident farmoni 2019 yil 14 may kuni qabul qilindi. 

Tadbirkorlarni hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazish qabulxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ma'lumot uchun: G‘olibsher Ziyoyev O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 

Mavzuga oid
Top