12:45 / 23.05.2019
13161

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari dunyodagi eng mashhur iqtisodchilardan biri bilan muzokaralar o‘tkazdi

Joriy yilning 22 may kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Kolumbiya universiteti professori, taniqli iqtisodchi Jyeffri Devid Saks bilan uchrashdi.

Jyeffri Saks Kolumbiya universiteti huzuridagi Barqaror rivojlanish markazi direktori va BMT bosh kotibining barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha maxsus maslahatchisi hisoblanadi.
 
Uchrashuvda BMTning O‘zbekistondagi taraqqiyot dasturlari doimiy koordinatori Helena Freyzer va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann ishtirok etdi.

Ma'lumot uchun: Time jurnali ikki marta Jyeffri Saksni 100 nafar eng nufuzli jahon yetakchilari qatoriga kiritgan va uni «dunyodagi eng mashhur iqtisodchi» deb atagan bo‘lsa, New York Times gazetasi «jahondagi eng muhim iqtisodchi», deya ta'riflaydi. The Economist jurnali ma'lumotlariga ko‘ra, u o‘tgan o‘n yil ichidagi eng kuchli uch iqtisodchi qatoriga kiradi.

Aziz Abduhakimovning Jyeffri Devid Saks bilan uchrashuvida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, O‘zbekiston ijtimoiy rivojlanishi ssenariylari, ijtimoiy himoya, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalar, xorijiy tadqiqotchilar hamda ma'ruzachilarni O‘zbekistondagi universitetlarga jalb etish, boshqa istiqbolli loyihalar, jumladan, Iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar institutini eng mashhur iqtisodchi olimlar patronajligida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Top