8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

22:23 / 23.05.2019 59870

Samarqand shahar hokimi vazir o‘rinbosari bo‘ldi

2017 yildan buyon Samarqand shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Furqat Rahimov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz'ning Samarqand shahar hokimligidagi manbasi tasdiqladi.

Rahimov 2017 yil avgust oyidan Samaqand shahar hokimi bo‘lib ishlab kelayotgandi. U shahar hokimligiga kelishdan avval Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida hokim bo‘lib ishlagan.

Top