15:18 / 24.05.2019
10659

Kobuldagi masjidda portlash sodir bo‘ldi

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi masjidda portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.

Agentlikning Afg‘oniston IIVga tayanib bergan xabariga ko‘ra, portlash Kobul sharqidagi masjidlardan birida yuz bergan. Portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangan.

Xabar qilinishicha, masjid imomi halok bo‘lgan.

Portlash uchun mas'uliyatni hozircha hech bir guruh zimmasiga olmagan.

Top