8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:14 / 24.05.2019 2725

Kutish onlarini foydali o‘tkazish mumkinmi?

Ko‘pchilikka kimnidir kutganingizdagi cheksiz cho‘zilgan vaqt hissi tanish. Xoh metroda ketish, xoh aeroportda kutish, xoh navbatda turish yoki ishga oid masalada javobni kutish bo‘lsin, barida ana shu holat kuzatiladi. Kutish daqiqalariga egasiz va uni biror qiziq hamda foydali narsalarga sarf etmoqchimisiz? Buni qanday amalga oshirish haqida suhbatlashamiz.

Foto: Unsplash

Kitob mutolaa qiling

Mutolaa har qanday kutish onlarini bezashi aniq. Bugun kitobni hatto mobil telefonda ham o‘qish mumkin. Bundan tashqari, u rivojlanishingiz uchun ham juda foydali.

Lug‘at

Smartfon yordam berishi mumkin bo‘lgan yana bir mashg‘ulot – til o‘rganish. Xorijiy til, ona tili yoki muayyan sohadagi bilimlarni chuqurlashtirish. Telefonga kerakli lug‘atni yuklab oling va istalgan tanaffusni bilim  bilan to‘ldirishingiz mumkin bo‘ladi.

Qo‘lni sovuq suvda yuvish

Agar ofisda bo‘lgan vaqtingizda charchoqni his etsangiz, qo‘lingizni sovuq suvda yuvishning o‘zi kifoya. Bunday usul hissiy zo‘riqishni oladi va tetiklashtiradi.

Foto: Unsplash

Yaqinlaringizga yoqimli xabarnoma yozing

Besh daqiqa bo‘sh vaqtingiz bormi? Telefonni olib, yaqinlaringizga xabarnoma yozing. Istalgan yoqimli so‘z, kunni yaxshi o‘tkazishlarini tilang yoki o‘zlarini qanday his etayotganlarini so‘rang. Bu yaqinlaringiz va do‘stlaringizni xursand qilishi aniq.

Sevimli musiqa

Kayfiyatingizga mos sevimli musiqa – xotirjamlik uchun qulay usul. Kayfiyatni ko‘taradigan qo‘shiqlarni smartfoningizda saqlang, ana o‘shanda kutish fursatlarini yoqimli muhitda o‘tkazasiz.

Ma'ruza

Kutish vaqtida shug‘ullanish mumkin bo‘lgan yana bir mashg‘ulot. O‘zingizni qiziqtirgan ma'ruzalarni tinglang. Shu tariqa, biror foydali narsani o‘rganish uchun doim vaqt topasiz.

Top