8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

08:46 / 24.05.2019 118519

MIBga yangi vakolat berildi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida qatnashuvchi davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risidagi shartnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qarorga muvofiq Majburiy ijro byurosi Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risidagi shartnomaning sud qarorlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar joylashgan joyini aniqlash qismi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur shartnoma 2010 yil 10 dekabrda Moskva shahrida imzolangan.

Top