14:08 / 24.05.2019
12942

O‘zbekiston Qozog‘istondan bug‘doy importi bo‘yicha yetakchiga aylandi

Foto: Getty Images

Joriy yilning birinchi choragida Qozog‘iston bug‘doyining asosiy xaridoriga O‘zbekiston aylandi, deya xabar bermoqda LS agentligi.

2019 yil yanvar-mart oylarida Qozog‘istondan bug‘doy va meslinning umumiy eksporti 1,7 mln tonnani tashkil etdi, bundan 622,9 ming tonnasi O‘zbekistonga yuborildi. Yetkazib berish qiymati 96 million dollardan oshib ketdi.

Bundan tashqari, 2019 yilning uch oyi davomida O‘zbekiston Qozog‘istondan 104,6 ming tonna unni 18,4 million dollarga sotib oldi.

O‘tgan yili ham O‘zbekiston bug‘doyning asosiy xaridori bo‘lgan. 2018 yilning 8 oyi davomida mamlakat 174,3 million dollarlik don sotib oldi. O‘shanda yetkazib berish hajmi bir yil ichida 54,8 foizga o‘sdi. 

Top