11:54 / 24.05.2019
8924
Reklama

«Turonbank» ATBning xalqaro kredit reytingi tasdiqlandi

Foto: Turonbank

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi «Turonbank» ATB kredit reyting bahosini «V/B» darajasida tasdiqlab, barcha reytinglar istiqbolini «Barqaror» deya e'tirof etdi.

Shu o‘rinda, Turonbank reyting ko‘rsatkichi 2012 yildan «V-/S» darajasida bo‘lgan, 2017 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich «V-/B» darajasida belgilangan, 2018 yilda esa reyting bahosi «V/B» darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich «V/B» darajasida tasdiqlandi.  

«Turonbank» ATBning xalqaro reyting ko‘rsatkichi yaxshilanishida bankning kapitallashuv darajasi davlat muassasalari tomonidan sezilarli ravishda qo‘llab-quvvatlanishi muhim omil bo‘ldi.

Bu esa o‘z navbatida, bankning kreditlash hajmini oshirish, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun ayni muddao bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, mamlakatimiz mustaqilligi bilan tengdosh «Turonbank» ATB bugungi kunda 20 filiali va 36 ta mini-banki orqali yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top