16:48 / 24.05.2019
30105

Uyqu vaqtida ozishning samarali usullari

O‘zingizda kuch topib, sog‘lom ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanishni boshlay olmayapsizmi? Bugun uyqu vaqtida bir necha kilogrammdan xalos bo‘lish usullari haqida so‘z yuritamiz.

Foto: Unsplash

Shakar-kefirli aralashma

Bunday oddiy retsept bir necha kilogrammdan xalos bo‘lishda yordam beradi. Uyqudan oldin ikki stakan shakar qo‘shilgan kefir ichish kerak. Ichimlikni o‘zlashtirishga undagi quvvatga qaraganda ko‘proq quvvat sarflanadi.

Guruch

Agar tuz ishqibozi bo‘lsangiz, organizmingiz ko‘p miqdorda suyuqlik to‘playdi. Bu esa shishlar, ortiqcha santimetr va kilogrammga olib keladi.

Guruch bu holatda yaxshi samara beradi. Tozalanmagan navlarni afzal bilgan ma'qul. Kechki ovqat o‘rniga qaynatilgan tuzsiz guruchni iste'mol qiling. U to‘qimalardagi suyuqlikni o‘ziga singdirib, ichaklarni tozalaydi.

Ana shunday guruchni kun bo‘yi iste'mol qilish yanada ko‘proq samara beradi. Muhimi - bu taomga tuzli ziravorlar ham, tuz ham qo‘shish kerak emasligini yodda tutish.

Lavlagili salat

Qaynatilgan lavlagini qirg‘ichdan o‘tkazing va salatga biroz zaytun moyini qo‘shing. Ta'mni yaxshilash uchun limon sharbatini qo‘shish mumkin. Kechki ovqat o‘rniga ana shu salatni iste'mol qiling. Ichimlik o‘rniga faqat suv iching.

Lavlagi tarkibida katta miqdorda kletchatka bor. U to‘qlik hissini uzoq vaqt davomida saqlaydi. Bundan tashqari, sabzavot ichaklarni a'lo darajada tozalaydi. Vazningiz kamayadi, bundan tashqari, ochlik sizni bezovta qilmaydi.

Tuzli vanna

Bir kechada vaznni kamaytirishning yana bir qiziqarli usuli – kechki ovqatni tuz solingan tinchlantiruvchi vannaga almashtirish. Suvda bor-yo‘g‘i 15-20 daqiqa yotish kifoya, undan keyin esa uxlashingiz mumkin. Suvga efir moyi, masalan lavanda qo‘shishingiz mumkin. Bu tinchlanish va uxlashga yordam beradi.

Top