8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

19:42 / 24.05.2019 7378

«Xalq banki» Kun.uz'da e'lon qilingan maqola yuzasidan munosabat bildirdi 

Aksiyadorlik tijorat  «Xalq banki»ning Surxondaryo viloyat filiali  amaliyot bo‘limi 3-sonli maxsus kassa kassiri lavozimida ishlab kelgan Dildora Ismoilova masalasiga munosabat bildirdi

 Ta'kidlanishicha, Xalq banki Boshqaruvining 2018 yil 18 maydagi qaroriga asosan Ichki ishlar vazirligi (IIV) Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YXXB) qoshida tashkil etilgan kassalarda to‘lovlarning qabul qilinishi bo‘yicha billing tizimi joriy etilmaganligi, operatsion riskning yuqoriligi, daromad keltirmayotganligi va samarasiz faoliyat yuritayotganligini hisobga olib, 2018 yil 1 iyundan ushbu turdagi barcha kassalar, shu jumladan Amaliyot bo‘limi qoshidagi 3-sonli maxsus kassaning ish faoliyati tugatilgan.

«O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 92-moddasida boshqa doimiy ishga o‘tkazishga (xodimning mehnat vazifalarini o‘zgartirishga) unga boshqa mutaxassislik, malaka lavozimiga oid ishni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkinligi, faqat obektiv sabablarga ko‘ra (100-modda 2-qismining 1, 2 va 6-bandlari va 106-moddaning 2-bandi) mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan mehnat vazifasi doirasida ishni davom ettirish mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodimga mutaxassisligi va malakaga muvofiq keladigan ishni (xodim bajarayotgan ishiga yoki egallab turgan lavozimiga muvofiq bo‘lsa, mutaxassisligi bo‘yicha bir muncha kam malaka talab etiladigan boshqa ishni), bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa korxonada mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shartligi, xodim boshqa ishga o‘tishdan bosh tortgan yoki korxonada muvofiq keladigan ish bo‘lmagan taqdirda, mehnat shartnomasi umumiy asoslarda bekor qilishini mumkin ekanligi belgilangan», — deyiladi munosabatda. 

 Bank Ismoilovaning uch yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan farzandi borligi sababli mehnat qonunchiligiga muvofiq ish bilan ta'minlash maqsadida, Amaliyot bo‘limida bo‘sh ish o‘rni hisoblangan (asosiy xodim bola parvarishida bo‘lgan) Plastik kartochkalar tizimini rivojlantirish sho‘'basi yetakchi mutaxassisi lavozimiga o‘tib ishlashi taklif etganini iddao qiladi. 

Xalq banki Boshqaruvi qabul qilgan qarorga muvofiq, bank filiallarida «Bank xizmatlari markazlari»  tashkil etilib, yangi lavozim shtatlari tasdiqlangani bildirilmoqda.

«Dildora Ismoilovaga yangidan tashkil etilgan tarkibiy tuzilmaga muvofiq, Xalq banki Surxondaryo viloyati Amaliyot bo‘limi Kassa amaliyotlari bo‘limi kassiri (avval ishlagan lavozimiga teng bo‘lgan doimiy ish o‘rni) lavozimida ishlash uchun 2018 yil 3 va 26 oktabr kunlari taklif xatlari yuborilgan. Afsuski, shu paytgacha D.Ismoilova o‘ziga taklif etilgan ushbu lavozimda ishlashni rad etib kelmoqda », — deyiladi bank axborotida. 

Ayni paytda bank Dildora Ismoilovaga avval ishlagan ish o‘rniga teng, oylik ish haqi miqdori ham oldingisidan ko‘proq doimiy ish taklif etayotganini bildirdi.

Top