22:07 / 25.05.2019
12102

Afg‘onistonda jangarilarning aerodromga qilgan hujumi qaytarildi

Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari "Tolibon" harakati jangarilarining Qandahor aerodromiga qilgan hujumini qaytardi. Bu haqda mahalliy politsiya boshlig‘i general Tadin Xon Achakzay ma'lum qildi.

"Bugun toliblar Qandahor aerodromiga reaktiv snaryad yo‘lladi. Hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Hujum uyushtirilgan joy aniqlanib, u yerdan yana bir snaryad topildi", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Khaama Press agentligi.

Politsiya boshlig‘ining aytishicha, xavfsizlik kuchlari operatsiyasi chog‘ida hujumga aloqador uch jangari qo‘lga olingan.

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lmagan.

Top