8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:02 / 25.05.2019 2417

Bojxona xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori mahsulotlarining noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida muntazam tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda viloyatning Bekobod shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro X.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mazkur xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 315 million so‘mlik, 8 turdagi 6065 dona dori vositalari noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Top