11:27 / 25.05.2019
9331

O‘zbekistondan naqd xorijiy valutalarni yashirincha olib chiqishga urinish fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bugungi kunda bojxonachilar tomonidan bojxona chegaralaridan naqd xorijiy valutalarni noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.  

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizdan qo‘shni davlatga o‘zining “TOYOTA RAV4” rusumli avtotransport vositasida chiqib ketayotgan fuqaro K.V. belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, fuqaro K.V. va uning yonidagi sherigi fuqaro T.A.ning egnidagi kiyimlari orasidan bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan 16 100 AQSh dollari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top