8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

16:37 / 25.05.2019 4845

Parlamentda qonun loyihalarini ko‘rib chiqish tartib-taomili o‘zgardi

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunga tuzatishlar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.
 
Parlament quyi palatasida vakolatlarni qayta taqsimlash ro‘y berdi. Qonunchilik palatasi spikeri shaxsan qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun mas'ul bo‘lgan qo‘mitani belgilaydi, unga va fraksiyalarga hujjatlarni topshiradi, shuningdek fikrlar, takliflar va xulosani taqdim etish uchun muddat belgilaydi. Ilgari bu majburiyatlar palata Kengashi vakolatiga kirgan.
 
Bundan tashqari, mas'ul qo‘mita tomonidan qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga ko‘ra Kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritish muddati endi qat'iy belgilangan – qonun loyihasi olingan kundan e'tiboran 2 oy.  Kengash endi boshqa (misol uchun, uzoqroq muddat) muddat belgilay olmaydi.
 
Jarayondan palata devoni xodimlari orasidan 3 kishidan iborat tarkibda tuzilgan, kelib tushgan loyihalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, Kengash a'zolarini ular haqida xabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin kuzatib borish bilan shug‘ullangan Kengash huzuridagi muvofiqlashtiruvchi guruh chiqarib tashlanadi. Tuzatishlardan kelib chiqib u tugatiladi degan xulosaga kelish mumkin.
 
Shuningdek, hujjatda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etilishi aks etgan.
   
Qonun 23.05.2019 yildan kuchga kirdi.

Top