8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:15 / 25.05.2019 27189

Paxta yig‘im-terimi mavsumida YTH sonini kamaytirishning «yangi» usuli taklif etildi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida qishloq xo‘jaligi transportlarining yoritish chiroqlari sozligini ta'minlash haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda viloyat va tumanlarda qishloq xo‘jaligida qo‘llanilayotgan texnikalar, xususan, traktor va kombaynlarning harakati bilan bog‘liq muammolar talaygina. Ayrim tirkamali traktorlar (telejka)ning maxsus chiroqlarining umuman nosozligi tungi vaqtlarda xavf-xatarlarni yuzaga keltirmoqda. 

“Bu holat, ayniqsa, g‘alla va paxta yig‘im-terimi mavsumida ko‘payadi. Hech qanday chiroq yoki stop belgilari bilan jihozlanmagan traktorlar va qishloq xo‘jaligi texnikalari piyodalarga va boshqa transport vositalariga tungi vaqtda xavf tug‘diradi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlovchi organlar tomonidan qishloq xo‘jaligi transportlarining elektr jihozlari, tungi vaqtda yoritish chiroqlari sozligini nazorat qilish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish taklif qilingan.

Top